Mashinangiz modeli yoki OEM raqami bo‘yicha qidiring, bir nechta do‘kon narxini solishtiring va qulay usulda oling — filialdan olib keting yoki uyingizgacha yetkazdiring.
Buyurtmalar, filiallar, ombor qoldiqlari va jamoangizni bitta kabinetdan boshqaring. Yangi buyurtmani bir bosishda tasdiqlang — xaridor holatni darhol ko‘radi.
Javob topilmasa — kabinetdagi bildirishnomalar yoki do‘kon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning.
Buyurtmani qanday olaman?+
Ikki yo‘l bor: do‘kon filialidan o‘zingiz olib ketasiz yoki sotuvchi manzilingizga yetkazib beradi. Qaysi usul mavjudligi har bir do‘kon va filialda ko‘rsatiladi.
Buyurtma holatini qayerdan ko‘raman?+
Har bir o‘zgarish ilovada ko‘rinadi: yangi, tasdiqlangan, olib ketishga tayyor yoki yetkazilmoqda. Qismni olganingizdan so‘ng buyurtmani o‘zingiz «Yakunlangan» deb tasdiqlaysiz.
Sharhlarga ishonsa bo‘ladimi?+
Har bir sharh e’lon qilinishidan oldin moderatsiyadan o‘tadi.
Do‘kon ochish uchun nima kerak?+
Telefon raqam bilan ro‘yxatdan o‘tasiz, magazin nomi va turini (do‘kon, diler yoki distribyutor) kiritasiz. Tekshiruvni tezlashtirish uchun verifikatsiya hujjatlarini yuklashingiz mumkin.
Tovarlarim qachon xaridorlarga ko‘rinadi?+
Magazin admin tekshiruvidan o‘tgach. Shu vaqt ichida filial, tovar va qoldiqlarni oldindan tayyorlab qo‘yishingiz mumkin.
Xodimlarim ham kabinetda ishlay oladimi?+
Ha. Ularni telefon raqami orqali menejer yoki operator sifatida taklif qilasiz — taklifni qabul qilgach, o‘z rolidagi bo‘limlarda ishlaydi.